Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda tanish ayolning uyida tunab qolgan erkak jinoyatga qo‘l urdi

Jizzaxda tanish ayolning uyida tunab qolgan erkak jinoyatga qo‘l urdi

S.Kovulov (ismi sharifi o‘zgartirilgan) xavfli residivist bo‘la turib, 2022 yil 17 fevral kuni Mirzacho‘l tumani “Mustaqillik” MFYda yashovchi fuqaro I.Komilovaning uyiga mehmonga kelib, o‘sha kuni tunda ushbu xonadonda tunab qolib, I.Komilovaga tegishli bo‘lgan bozor bahosi 8.500.000 so‘m bo‘lgan 2 juft tilla sirg‘asi va 4 dona tilla uzuklarini o‘g‘irlab chiqib, Toshkent shahridagi bozorga olib borib, S.Samanovga ushbu tilla taqinchoqlar o‘g‘irlangan ekanligini aytmasdan sotib yuborib, tushgan pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojiga ishlatib yuborgan.

Sud majlisida S.Kovulov aybiga iqrorlik bildirmagan bo‘lsada, uning aybi jabrlanuvchi va guvohlarning ish holatini tasdiqlab bergan ko‘rsatuvlari, jabrlanuvchining arizasi, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bayonnomalari va unga ilova qilingan fotosuratlar, yuzlashtirish bayonnomalari hamda sudda tekshirilgan boshqa dalillar bilan isbotlandi.

Sud tomonidan S.Kovulovga O‘zbekiston Respublikasi JK 169-moddasi 3-qismining “a” bandi bilan JKning 60-moddasi tartibida 5 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Mazkur jinoyat ishi Jizzax viloyat sudi apellyasiya instansiyasida ko‘rilib, S.Kovulovga nisbatan chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi.

Lutfulla Mamarajabov,

Jizzax viloyat sudining sudyasi

Kiritildi: 18:30 24.11.2022. O'qildi: 5895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!