“O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida SH. Rashidov tumanida joylashgan "S.T." MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 697,1 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.