Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jashid Xodjayev Moskvada bo‘lib o‘tayotgan Global atom haftaligi davomida ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda "O‘zatom" agentligi.
“Jizzax viloyatidagi bitta maydonda har biri 1000 MVt bo‘lgan ikkita katta quvvatli reaktor va har biri 55 MVt bo‘lgan ikkita kichik quvvatli reaktor quriladi.
2035 yilga borib, qariyb 525 gektar maydondagi stansiya yiliga 15,2 milliard kVt/soat ishlab chiqaradi, bu mamlakatdagi bugungi kundagi umumiy iste’molning qariyb 15 foiziga teng”, - dedi Xodjayev.