⚡️ Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari xizmat mavqeidan foydalangan holda, tuman markazida joylashgan umumiy ovqatlanish maskanida o‘tkazilgan tekshiruv davomida yong‘in xavfsizligi talablari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, uni yopib qo‘ymaslik hamda qonuniy chora ko‘rilishi uchun to‘plangan hujjatlarni sudga yubormaslik evaziga 3 mln so‘m talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini umumiy ovqatlanish maskani rahbaridan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.