Bugun 30 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Jizzaxda fuqarolarni chuv tushirib kelgan soxta "treyder"chi ushlandi

Jizzaxda fuqarolarni chuv tushirib kelgan soxta "treyder"chi ushlandi

Mazkur holat yuzasidan firibgarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168 moddasi 3 qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bu haqda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jizzax viloyatida yashovchi fuqaro A.F. o‘zining bank kartasidagi 800.000 so‘m miqdordagi pullari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini bo‘yicha IIOga murojaat qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jizzax viloyatida yashovchi M.M. sodir etganligi aniqlandi.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan M.M., jabrlanuvchi A.F. bilan Telegram messenjeri orqali tanishib, unga o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va pullarini birja orqali oz fursatlarda ko‘paytirib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan 800.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishib, bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Kiritildi: 14:55 16.09.2024. O'qildi: 1198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!