Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Jizzaxda "farosatsizlik" oqibatida 75 tup daraxtlar betonlab yuborildi

A A A
Jizzaxda "farosatsizlik" oqibatida 75 tup  daraxtlar betonlab yuborildi

Ijtimoiy tarmoqlarda daraxtlar atrofi betonlangani haqida lavhalar tarqaldi.

Ekologiya qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qilishicha, holat Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganildi,

Mirzacho‘l tumani Gagarin shaharchasi "Do‘stlik" MFY Xalqlar Do‘stligi ko‘chasining ikki tomoniga ekilgan 75 tup daraxtlar atrofi "Fayz-Baraka" MCHJ tomonidan yo‘lak qurish ishlari davomida betonlab yuborilgan.

Daraxtlarning barchasi: 38 tup archa, 7 tup yasen, 1 tup tut, 1 tup akasiya, 1 tup gilos, 4 tup qayrag‘och, 7 tup eldor qarag‘ayi, 12 tup aylant daraxtlarining tagidagi betonlar buzib olindi va ularning tagi yumshatilib, parvarish qilindi.

MCHJning ushbu ishga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan rasmiy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi

Kiritildi: 16:50 04.12.2021. O'qildi: 3511 marta. Fikrlar soni: 13 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!