Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Jizzaxda er avval xotinini keyin esa o‘zini pichoqladi

A A A
Jizzaxda er avval xotinini keyin esa o‘zini pichoqladi

Jizzax viloyati Arnasoy tumanida er rashk sabab avval xotinini keyin esa o‘zini pichoqladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, holat 17 mart kuni Arnasoy tumani “Oltinvodiy” mahallasida sodir bo‘lgan. Shu mahallada yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan 28 yoshli turmush o‘rtog‘i o‘rtasida rashk sabab janjal kelib chiqqan. Oqibatda erkak oshxona pichog‘i bilan dastlab ayoliga, keyin esa o‘ziga jarohat yetkazgan.

Qayd etilishicha, hodisa sababli 2 nafar voyaga yetmagan farzandning onasi voqea joyida vafot etgan. Erkak esa tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Kiritildi: 14:17 20.03.2023. O'qildi: 1323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!