Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zarbdor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro SH.A. dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, tegishli hujjatlari bo‘lmagan 6 000 dona «MILKORTIN» nomli va 100 dona «Moxiflon» nomli dori vositalarini jami 121 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.