Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Jizzaxda bozor ko‘chasidan o‘tgan mashina egalaridan pul talab qilgan zo‘ravonlarga sud hukmi o‘qildi

Jizzaxda bozor ko‘chasidan o‘tgan mashina egalaridan pul talab qilgan zo‘ravonlarga sud hukmi o‘qildi

Jizzax shahrida yashovchi aka-uka CH.Davidov va E.Davidovlar (ismi-sharifi) o‘zgartirilgan,  Jizzax shahar, Ulug‘bek mahallasidagi “Ko‘k bozor” hududida joylashgan “E.Bekmurodov” ko‘chasidan o‘tgan avtomashinalardan noqonuniy ravishda pul olib keladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining raisi R. Orziqulovning "Aniq.uz"ga ma’lum qilishicha, “Ko‘k bozor” hududida tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi  YA.Quchqorovni o‘ziga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinasida  “E.Bekmurodov” ko‘chasidan chiqib ketayotgan vaqtida CH.Davidov undan avtomashinasi uchun pul berishni so‘raydi, YA.Quchqorov unga nima sababdan pul berishi kerakligini, pul bermasligini aytganida, o‘zaro janjallashib qolib, CH.Davidov YA.Quchqorovni avtomashinadan tushirib, vokea joyiga yetib kelgan  CH.Davidovning ukasi E.Davidov bilan YA.Quchqorovning duch kelgan joyiga urib, tepib CH.Davidov qo‘lidagi pichoqni unga tirab, agar pul bermasa pichoqni qorniga tiqib olishni aytib qo‘rqitadi, shunda YA.Quchqorov CH.Davidovni itarib yuborishi natijasi CH.Davidovning qo‘lidagi pichoq YA.Quchqorovning qo‘llarini tilib ketadi, orada YA.Quchqorovning otasi Y.Quchqorov ularni ajratmoqchi bo‘lgan vaqtida CH.Davidov qo‘lidagi pichoq bilan Y.Quchqorovni o‘ng qo‘li bilak sohasini tilib yuboradi, natijada Y.Quchqorovga tan jarohati yetkazadi.
Voqea joyiga yetib kelgan aholi ularni ajratib, YA.Quchqorov olgan tan jaroxati natijasida voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam avtomashinasida birinchi yordam olish uchun kasalxona yuboriladi.
Aka-uka CH.Davidovning va E.Davidovlarning xatti-xarakati yuzasidan xuquqni muxofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi tomonidan CH.Davidovning va E.Davidovlarga oid jinoyat ishi qo‘rib chiqildi.
Sudda so‘ralgan sudlanuvchilar, jarbrlanuvi va guvoxlarnring tushuntirishlari va ishda to‘plangan daliliy ashyolar bilan  aka-uka CH.Davidovning va E.Davidovlar “Ko‘k bozor” yonida joylashgan “E.Bekmurodov” ko‘chasida ko‘chani ta’mirlaganligini vaj qilib, o‘zboshimchalik bilan avtomashina egalaridan pul olib kelganligi, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, bezorilik qilganligi  o‘z tasdig‘ini topdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining xukmi bilan aka-uka CH.Davidovning va E.Davidovlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismining “g” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, CH.Davidovga 3 yil 6 oy , E.Davidovga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
CH.Davidovning o‘zboshimchalik bilan Jizzax shahar “E.Bekmurodov” ko‘chasiga kirgan avtomashina egalaridan o‘zboshimchalik bilan pul olganlik holati ma’muriy huquqbuzarlik tariqasida ko‘rish uchun alohida ajratilib, ma’muriy huquqbuzarlikka doir ish qo‘zg‘atish uchun Jizzax shahar prokuroriga yuborildi.

Kiritildi: 12:31 30.05.2019. O'qildi: 1906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!