Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Jizzaxda bir oilaning 8 nafar a’zosi oziq-ovqat mahsulotidan zaharlandi

Jizzaxda bir oilaning 8 nafar a’zosi oziq-ovqat mahsulotidan zaharlandi

2019 yil 8 fevral kuni Jizzax viloyatining SH.Rashidov tumanida yashovchi M.P. (ismli ayol) o‘z uyida oila a’zolari bilan birgalikda uy sharoitida tayyorlangan marinadlangan pomidor mahsulotini iste’mol qilgan va natijada 8 nafar kishi zaharlangan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Zaharlanganlarning 5 nafariga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Uch nafari kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, uy sharoitida tayyorlangan tuzlama mahsulotlarini iste’mol qilishda hamisha hushyor bo‘ling, avvalo uning iste’molga yaroqlilik holatiga alohida e’tibor qarating! ,-deyiladi IIV xabarida.

Kiritildi: 18:43 10.02.2019. O'qildi: 1783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!