Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Jinoyatchi Netanyahu va Yoav Galant hibsga olinadi

Jinoyatchi Netanyahu va Yoav Galant hibsga olinadi

Xalqaro Jinoiy sud Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order berdi.

Xalqaro jinoiy sud Netanyahu va Galant 2023 yil 8 oktabrdan 2024 yil mayigacha G‘azo sektorida sodir etilgan "harbiy jinoyatlarga aloqador bo‘lishi mumkin", deb hisoblaydi.

XJS bayonotida Isroil G‘azo sektorida urush usuli sifatida ochlik, tinch aholini o‘ldirish, quvg‘in va boshqa g‘ayriinsoniy jinoiy harakatlarni amalga oshirgani qayd etilgan. Shu bilan birga, Netanyahu va Gallantni G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami, jumladan, suv, dori-darmon va yoqilg‘i yetkazib berishni cheklab qo‘yganlikda gumon qilish uchun jiddiy sabablar borligi alohida ta’kidlangan.

XJS, shuningdek, HAMAS guruhining harbiy qanoti yetakchisi, Muhammad Ad-Deyf nomi bilan tanilgan Muhammad Diab Ibrohim al-Masriyni hibsga olishga order berilganini e’lon qildi. SAXAL 2024 yil avgust oyida G‘azo sektorining Xon Yunis hududidagi zarba natijasida Deyf halok bo‘lganini e’lon qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Xalqaro Jinoiy sud prokurori Karim Xon Netanyahu, Galant va HAMASning uch yetakchisini G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishiga to‘sqinlik qilganliklari uchun hibsga olish uchun order berishni hamda 2023 yil 7 oktyabrda HAMASning Isroilga hujumiga nisbatan "keskin javob" berishni so‘ragan edi.

Kiritildi: 22:00 21.11.2024. O'qildi: 784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!