Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Jibuti qirg‘oqlari yaqinida migrantlar qayig‘i ag‘darildi: 109 kishi halok bo‘ldi

Jibuti qirg‘oqlari yaqinida migrantlar qayig‘i ag‘darildi: 109 kishi halok bo‘ldi


8–9 oktyabr kunlari Jibuti qirg‘oqlari yaqinida 350 nafar migrant bo‘lgan qayiq ag‘darilib ketdi. Xalqaro migrasiya tashkiloti (XMT) ma’lumotiga ko‘ra, kamida 109 kishi, jumladan, 15 nafar bola halok bo‘lgan, 116 nafardan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan.

Qayiq Jibutidan Yamanga yo‘l olgan bo‘lib, hodisa Obok shahri yaqinida sodir bo‘lgan. 80 nafardan ortiq efiopiyalik migrant omon qolgan. Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Afrika shoxi mintaqasidan kelgan o‘n minglab migrantlar Fors ko‘rfazi mamlakatlarida ish topish va yaxshiroq sharoitda yashash maqsadida ushbu yo‘nalishdan foydalanadi. Biroq dengiz safarining xavfliligi va Yamanda davom etayotgan zo‘ravonliklar migrantlar uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

Kiritildi: 16:38 11.10.2026. O'qildi: 465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!