Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

JIB M.Ulug‘bek tuman sudida 2021 yilning 5 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi

JIB M.Ulug‘bek tuman sudida 2021 yilning 5 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi

Bugun, 28 iyun kuni Toshkent shahrida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyadan holi xududga aylantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi doirasida sudlar faoliyatining ochiqligi, oshkoraligi va shaffofligini oshirish maqsadida jinoyat ishlari bo‘yicha M.Ulug‘bek tuman sudida 2021 yilning 5 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berish maqsadida brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda JIB M.Ulug‘bek tuman sudi raisi Shuhrat Bakayev, fuqarolik ishlari bo‘yicha M.Ulug‘bek tumanlararo sudi raisi Sherzod Rajabov, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sarvar Soliyev va Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi Ma’rufjon Ergashev qatnashishdi.

JIB M.Ulug‘bek tuman sudida 2021 yilning 5 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdiJIB M.Ulug‘bek tuman sudida 2021 yilning 5 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasiga asosan, davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, shuningdek ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan shikoyat va arizalar bo‘yicha ma’muriy nizolar bilan bog‘liq ishlar, Toshkent tumanlararo ma’muriy sudlari sudloviga taalluqli hisoblanadi.

Brifingda ta’kidlanishicha, Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan 2021 yil 5 oyi davomida ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 800 ta ish ko‘rib tamomlangan. Shundan, 436 tasi qanoatlantirilgan (212 tasi rad qilingan, 104 tasi ish yuritishdan tugatilgan, 48 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan).

Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi Ma’rufjon Ergashev 2021 yilning 5 oyi davomida aynan qaysi ma’muriy organlar mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish bilan bog‘liq ishlar nisbatan ko‘proq ko‘rilgani xususida to‘xtaldi:

  • Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan 277 ta ish ko‘rilgan. Shundan 255 tasi qanoatlantirilgan, 9 tasi rad qilingan,8 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 5 tasi ish yuritishdan tugatilgan;
  • Hokimiyat mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish
    va hokim qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan 195 ta ish ko‘rilgan. Shundan,
    75 tasi qanoatlantirilgan, 78 tasi rad qilingan, 19 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan,
    22 tasi ish yuritishdan tugatilgan
  • Davlat soliq organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan 89 ta ish ko‘rilgan. Shundan, 38 tasi qanoatlantirilgan, 18 tasi rad qilingan, 3 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 31 tasi ish yuritishdan tugatilgan (DSI bilan 2 marta uchrashuv o‘tkazildi, NDS masalasi);
  • Adliya organlari (notarius, FHDYO, davlat xizmatlari agentligi va b.) mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan 30 ta ish ko‘rilgan. Shundan, 17 tasi qanoatlantirilgan, 10 tasi rad qilingan,2 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 1 tasi ish yuritishdan tugatilgan.

— Shu bilan birgalikda muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitasiya markaziga joylashtirish bilan bog‘liq jami 461 ta iltimosnoma ko‘rilgan bo‘lib, shundan 441 ta iltimosnoma qanoatlantirilgan, 20 ta iltimosnoma rad etilgan. Bugungi kunda mazkur toifa ishlari tasdiqlangan ichki jadval asosida sudyalar tomonidan Reabilitasiya markazida maxsus jihozlangan xonada sayyor ko‘rilmoqda.

2021 yil 5 oyi davomida apellyasiya instansiyasida jami 272 ta ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chikadigan ishlar ko‘rilgan. Shundan, 197 ta ish o‘zgarishsiz qoldirilgan, 8 ta ish o‘zgartirilgan, 62 ta ish bekor qilingan, 5 ta ish yuritishdan tugatilgan.

Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan aholini huquqiy madaniyatini oshirish, huquqbuzarliklarni oldini olish borasida ham bir qator tadbirlar amalga oshirilgan.

Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan jami 92 ta xususiy ajrim chiqarilgan. Shundan, 37 tasi tegishli tashkilotlarda muhokama qilinib, sudlarga javoblari berilgan bo‘lib, qolgan 55 tasining javoblari berilmagan (bular bo‘yicha tegishli eslatma xatlar yuborilgan).

2021 yil 5 oyi davomida Toshkent tumanlararo ma’muriy sudiga jami 96 ta murojaatlar kelib tushgan. 4 ta murojaat taalluqligi bo‘yicha yuborilgan. Shundan, 82 ta murojaatlarga o‘rganib javob berilgan. Shundan, 40 ta ijobiy hal qilingan, 42 ta qonuniy huquqlari tushuntirilgan, rad etilgan murojaatlar mavjud emas. Kelib tushgan har bir murojaatni hisobga olish, uning harakati va belgilangan muddatida ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat kuchaytirilgan, - deydi Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi Ma’rufjon Ergashev.

13 402 TA ISHLARNING 4 579 TASI YOKI 34,1 FOIZI SAYYOR SUD MAJLISLARIDA HAL ETILGAN

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan esa 2021 yilning 5 oyi davomida odil sudlovni amalga oshirish faoliyati davomida fuqarolar, tadbirkorlik sub’eklari va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, qonun ustuvorligini ta’minlashga hamda mamlakatning investisiyaviy jozibadorligini mustahkamlashga e’tibor qaratilganiga urg‘u berildi.

Brifingda ma’lum bo‘lishicha, hisobot yili davrida jami 18 672 ta da’vo arizalar kelib tushgan. O‘tgan yildan 2021 yilga qoldiq bo‘lib o‘tgan ishlar soni 1 963 tani tashkil etgan.

— 13 464 tasi ish yuritishga qabul qilinib, hisobot davrining oxiriga qadar 13 402 tasi ko‘rib chiqilgan, shundan 27 ta sud buyrug‘i berilgan. Ko‘rib chiqilgan ishlarning 10 951 tasi bo‘yicha da’vo talabi qanoatlantirilgan, 1 689 tasi bo‘yicha da’vo talabini qanoatlantirish rad etilgan, 420 tasi (113 tasi kelishuv bitimi asosida) bo‘yicha ish yuritish tugatilgan, 342 ta da’vo arizasi (ariza) ko‘rmasdan qoldirilgan. O‘rtacha oylik ish hajmi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida 191 tani tashkil qilgan, - deydi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sarvar Soliyev.

Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga 2021 yilning 5 oyida jami 2061 ta da’vo arizalar ko‘rilgani ma’lum qilindi. Shundan,

  • 1679 tasi qanoatlantirilgan,
  • 18 tasi bo‘yicha bankrot deb topilgan,
  • 240 tasi rad qilingan,
  • 32 tasi bo‘yicha ko‘rmasdan qoldirilgan,
  • 57 tasi bo‘yicha (shundan 9 tasi kelishuv bitimi asosida) ish yuritish tugatilgan,
  • 34 tasi mazmun ko‘rib chiqish boshqa sudga yuborilgan (Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga band solish bilan bog‘liq ishlar),
  • 1 tasi bo‘yicha ish yuritish to‘xtatilgan.

Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan sudga da’vo arizasi berganda 1.126,79 mln.so‘m miqdorida respublika byudjetiga davlat boji ixtiyoriy to‘lagan, 9.181,02 mln.so‘m miqdorida davlat boji sud qaroriga asosan respublika byudjetiga undirib olingan.

Bundan tashqari, da’vogarlar foydasiga ishni ko‘rish natijasi bo‘yicha 227.432,97 mln.so‘m miqdorida qarzdorlik summasini undirish yuzasidan sud hujjati chiqarilgan.

Qayd etilishicha, jami 520 ta sud majlisi videokonferensaloka rejimida o‘tkazilgan. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning 890 nafar vakili o‘zlari joylashgan hududlardan chiqmagan holda, videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan sud majlislarida qatnashib, ularning 178 mln. so‘mdan ortiq mablag‘lari tejab qolingan.

Sud majlislarining tarbiyaviy va profilaktik ahamiyatini oshirish, tomonlarga sud prosessida qatnashib, xuquq va manfaatlarini himoya qilishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida 13 402 ta ishlarning 4 579 tasi yoki 34,1 foizi sayyor sud majlislarida hal etilgan. Hal etilgan ishlar bo‘yicha da’vogar (arizachi)lar foydasiga 1.861.628 mln. so‘m undirilgan. Hal etilgan ishlar bo‘yicha respublika byudjetiga 58.987,73 mln. so‘m boji undirish to‘g‘risida sud hujjatlari qabul qilingan.

Taraflar tomonidan ishni sudda ko‘rish uchun ixtiyoriy to‘langan davlat boji summasi 8.911,26 mln. so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sarvar Soliyev iqtisodiy sudlar tomonidan ishlarni ko‘rish jarayonida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan 45 ta ta’sir chorasi qo‘llanilgani, xususan, 3 ta ma’muriy, 2 ta moddiy, 38 ta intizomiy chora qo‘llash haqida hamda aniklangan qonunbuzarliklarning oldini olish va kelgusida takrorlanmasligi yuzasidan esa 2 ta xususiy ajrim va taqdimnomalar chikarilganiga ham to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirkorlik sub’ektlaridan iqtisodiy sudlarga elektron shaklda yuborilgan da’vo arizalari 4 515 tani tashkil etgan. Iqtisodiy sudlarda umumiy ko‘rilgan ishlar soni o‘tgan yilga nisbatan 52,9 foizga ko‘paygan bo‘lib, sud qarorlari ustidan shikoyatlar kelishi ham mos ravishda ko‘paygan.

— Jumladan, apellyasiya instansiya sudi tomonidan 2021 yilning birinchi choragida 307 ta ish ko‘rib chiqilgan. Ko‘rilgan ishlar soni o‘tgan yilga nisbatan 149 taga yoki 94,3 foizga ko‘paygan. Apellyasiya instansiyasida 479 ta iqtisodiy ish qayta ko‘rilgan bo‘lib, shundan 341 tasi yoki 71,1 foizi o‘zgarishsiz qoldirilgan, 74 tasi yoki 15,4 foizi bekor qilingan, 64 tasi yoki 13,3 foizi o‘zgartirilgan.

Kassasiya instansiya sudi tomonidan 2021 yilning 5 oyi davomida 150 ta ish ko‘rib chiqilgan. Kassasiya instansiyasida qayta ko‘rilgan sud hujjatlarining 94 tasi yoki 62,6 foizi o‘zgarishsiz qoldirilgan, 34 tasi 22,6 foizi bekor qilingan, 22 ta 14,6 foiz o‘zgartirilgan, - deydi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi raisi.

Kiritildi: 16:52 28.06.2021. O'qildi: 2787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!