17-oktyabr kuni O‘zbekistonda yangi “Jetour T2” yo‘ltanlamas avtomobili taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
«Jetour» brendi yurtimiz bozorida ekstremal sayohatlar uchun krossoverlar segmentida inqilob qilishga, yangi davrni boshlashga tayyor. Brend turkumidagi ekstremal sayohatlar uchun birinchi krossover bo‘lgan «Jetour T2» o‘zida zamonaviy dizayn va kuchli texnik xususiyatlarni mujassam etgan. Dizaynida to‘siqsiz sayohat ruhini ifodalovchi «Ozodlik yo‘li» konsepsiyasi aks etadi.
«T2» bilan o‘zbek avtomobil ishqibozlari hashamatli qulaylik va boshqarish zavqini kashf etadilar: yuqori sifatli interyer materiallaridan tortib keng salongacha — har bir detal mukammallikka intilishdan dalolat beradi.
Jetour T2nin maksimal versiyasi 2,0 litrli turbo dvigatel, rejimlarni aqlli boshqarish va differensial blokirovkalash xususiyatiga ega «BorgWarner XWD» bilan jihozlangan. 6+X rejimdagi aqlli boshqaruv tizimi yo‘l sharoitlarini avtomatik ravishda aniqlab, haydovchiga bir tugmani bosish orqali O‘zbekiston yo‘nalishlariga oson moslashish va yo‘ldan tashqari sarguzashtlardan bahramand bo‘lish imkonini beradi.
Jetour T2 ning O‘zbekiston bozoriga chiqarilishi brendning Markaziy Osiyodagi mavqeini mustahkamlash strategiyasida muhim qadamdir.