Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

JCH-2026. Niderlandiya Shvesiyani yirik hisobda mag‘lub etdi

JCH-2026. Niderlandiya Shvesiyani yirik hisobda mag‘lub etdi


Jahon chempionati–2026 "F" guruhi 2-turidan o‘rin olgan Niderlandiya va Shvesiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi.

AQShning Xyuston shahridagi «En-Er-Ji Stedium» arenasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda niderlandlar 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Hisob 5-daqiqada Brayan Brobbining goli bilan ochildi. Hujumchi 17-daqiqada dubl qayd etdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Kodi Gakpo 47 va 54-daqiqalarda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shvesiya safida Entoni Elanga 59-daqiqada bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuvga nuqtani esa 89-daqiqada Krisensio Sammervill qo‘ydi.

JCH-2026. F guruhi, 2-tur
Niderlandiya — Shvesiya — 5:1
Gollar:
Brobbi (5, 17), Gakpo (47, 54), Sammervill (89) — Elanga (59).

Ushbu natijadan keyin Niderlandiya 4 ochko bilan guruh peshqadamiga aylandi. Shvesiya hisobida 3 ochko bor va jamoa ikkinchi o‘rinda bormoqda.

So‘nggi turda Niderlandiya Tunisga qarshi, Shvesiya esa Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi. Har ikki bahs 26 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 07:53 21.06.2026. O'qildi: 1087 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!