Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

JCH-2026: Bosniya va Gersegovina Qatarni mag‘lub etdi, Shveysariya Kanadadan ustun keldi (video)

JCH-2026: Bosniya va Gersegovina Qatarni mag‘lub etdi, Shveysariya Kanadadan ustun keldi (video)

Jahon chempionati — 2026 musobaqasida hal qiluvchi so‘nggi 3-tur o‘yinlari start oldi. Biroz avval "B" uchrashuvlari yakuniga yetdi.

Bosniya va Gersegovina terma jamoasi Qatarni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Yevropaliklar safida Karim Alaybegovich (29) va Ermin Maxmich (80) gol urgan bo‘lsa, 34-daqiqada qatarliklar vakili Mahmud Abunada o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi (avtogol). Qatarning yagona javob to‘piga Xasan Al-Haydos mualliflik qildi.

Parallel ravishda kechgan yana bir bahsda Shveysariya terma jamoasi mezbon Kanadani 2:1 hisobida taslim etdi. Yevropaliklardan Ruben Vargas (46) va Yoan Manzambi (57) gol urgan bo‘lsa, Kanadaning yagona javob to‘pini Promise David 76-daqiqada kiritdi.

Ushbu natijalardan so‘ng Shveysariya 7 ochko bilan guruhda 1-o‘rinni egalladi. Kanada 4 ochko bilan 2-o‘rinda qolgan bo‘lsa, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra ulardan ortda qolgan Bosniya va Gersegovina (4 ochko) 3-pog‘onadan joy oldi. Biror marta g‘alaba qozona olmagan Qatar esa 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallab, turnirni tark etdi.

Kiritildi: 07:31 25.06.2026. O'qildi: 1277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!