Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

JCH-2026. Angliya qo‘shimcha bo‘limlarda Norvegiyani mag‘lub etib, JCh yarim finaliga yo‘l oldi

JCH-2026. Angliya qo‘shimcha bo‘limlarda Norvegiyani mag‘lub etib, JCh yarim finaliga yo‘l oldi

Angliya terma jamoasi JCH-2026 chorak finalida Norvegiyani qo‘shimcha bo‘limlarda 2:1 hisobida taslim etdi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi — norvegiyaliklardan Andreas Shelderup 36-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, inglizlar safida 45+1-daqiqada Jud Bellingem muvozanatni tikladi.

55-daqiqada skandinaviyaliklar himoyachisi Torbyorn Xeggem burchak zarbasidan so‘ng to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi, biroq bosh hakam Kleman Tyurpen VAR tizimiga murojaat qilib, takrorni ko‘rgach, golni bekor qildi. Hakam uzatma paytida Erling Xoland Elliot Andersonga nisbatan qoida buzganini qayd etdi.

Qo‘shimcha bo‘limlarning 93-daqiqasida Jud Bellingem o‘z hisobiga dubl yozib qo‘yib, Angliyani oldinga olib chiqdi.

99-daqiqada Kleman Tyurpen Oskar Bobb Jed Spensga nisbatan ishlatgan fol uchun Norvegiya darvozasiga penalti belgiladi, ammo VAR aralashuvi va takrorni ko‘rgandan so‘ng o‘z qarorini bekor qildi.

JCH-2026 yarim finalida Angliya Argentina — Shveysariya juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Mazkur uchrashuv 12 iyul kuni tungi soat 06:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 08:49 12.07.2026. O'qildi: 1784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!