Jazoirda prezidentlik saylovlari uchun ovoz berish boshlandi, unda uchta nomzod ishtirok etmoqda.
Mamlakat bo‘ylab ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 08:00da boshlandi va 19:00 gacha davom etadi. Mustaqil saylov qo‘mitasi, agar kerak bo‘lsa, ovoz berish bir soatga uzaytirilishi mumkinligini ta’kidladi.
Butun mamlakat bo‘ylab taxminan 24 million jazoirlik ovoz berish huquqiga ega. Chet eldagi jazoirliklar ham 2 sentyabrdan boshlab o‘z mamlakatlaridagi diplomatik vakolatxonalarda ovoz berishda davom etmoqda.
Prezidentlik saylovlarida amaldagi prezident Abdelmadjid Tebbun, Sosialistik kuchlar fronti vakili Yusuf Auchich va Tinchlik uchun harakat jamiyati vakili Abdelali Hassani Cheriflar bor.