Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Jazmani bilan birga erini o‘ldirish rejasini tuzgan farg‘onalik ayolning qilmishi fosh bo‘ldi

Jazmani bilan birga erini o‘ldirish rejasini tuzgan farg‘onalik ayolning qilmishi fosh bo‘ldi

Quva tumani Gulobod m.f.y.da yashovchi G.Abduvaliyev (o‘zgartirilgan) G.Abduvaliyeva (o‘zgartirilgan) bilan 2010 yilda turmush qurishgan o‘rtalarida 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari ya’ni ikki o‘g‘il va bir qizi bor. Ular bir birlarini haqoratlashi bo‘yicha ishi sudda ko‘riladi.

Sudda ayol 10 yildan buyon yashab kelayotganligini, bir kun ham tinch kuni bo‘lmaganligini, eridan ro‘shnolik ko‘rmaganligini aytib turmush o‘rtog‘iga uni haqorat qilganligi uchun chora ko‘rishni so‘rardi. Huquqbuzar ayol G.Abduvaliyeva  2020 yil 16 yanvardagi turmush o‘rtog‘i Gofforning haqorati o‘tib ketganligini endi u bilan yashamasligini, o‘rtalarida 3 nafar farzandi ham bir kunini ko‘rishini aytadi.

Ayolning eri G.Abduvaliyev:

– O‘rtoq sudya, ko‘rsatma berishdan oldin bir iltimosim bor.

— Xo‘sh, ayting.....

— Sudga disk taqdim qilmoqchiman, shuni bir eshitsangiz...

Sudda disk taraflar ishtirokida eshitiladi. Ayol suv quygandek jim bo‘lib qoladi.

— Ha, rost, rost, men shu “Dilmurod” (o‘zgartirilgan) bilan gaplashardim. U bilan birga ishlardim. Turmush o‘rtog‘imdan yaxshi gap eshitmadim, menga mehr kerak edi! Mehrni shu Dilmuroddan topdim!

Huquqbuzar ayolga savollar beriladi.

— Xo‘p, yaxshi yashamabsiz, tinch yashamabsiz, biror marta ota-onangizning uyiga ketib qoldingizmi?

— Yo‘q.

— Xo‘p, turmush o‘rtog‘ingizdan ro‘shnolik ko‘rmabsiz, kelgusida farzandlaringizdan ko‘rishingiz mumkinligini o‘ylamadingizmi?

— Yo‘q.

— 2 nafar o‘g‘il va bir nafar qizingiz bor ekan, ularning kelgusidagi hayotini-chi? Ota-onangizni-chi, ularning ko‘cha-ko‘yda yurishini-chi?

Savollar ko‘p, biroq huquqbuzar ayol bitta gapda turar edi:

— Meni tinch qo‘ysin. Bu mening hayotim...

Sudga Dilmurod chaqirtiriladi, u: “Men G.Abduvaliyevning ayoli bilan gaplashib turar edim, meni ham 4 nafar farzandim bor, ushbu oilaning  ajrashib ketishiga va 3 nafar farzandning tirik yetim bo‘lib qolishiga sababchiman, o‘zim ham ishimdan ayrildim. Xatoimni tan olaman”, deydi.

Sudda audioyozuvdagi holatga ko‘ra, Dilmurod tomonidan ayolga o‘z erini nonushtasiga “margimush” qo‘shib yuborish taklif qilinadi. Sud, uning harakatlarida jinoyat alomatlari bor yoki yo‘qligiga baho berish uchun tergov organiga habar beradi. Huquqbuzar ayol va eriga qonun doirasida jazo tayinlaydi.

A.Jumayev, Quva tuman ma’muriy sudining raisi

 

Kiritildi: 16:27 20.03.2020. O'qildi: 5539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!