Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jazirama yo‘q: bizni kuchli shamol va yog‘ingarchiliklar kutmoqda

Jazirama yo‘q: bizni kuchli shamol va yog‘ingarchiliklar kutmoqda

Gidrometeorologiya xizmati markazidan ma’lum qilinishicha, hafta o‘rtasida respublika bo‘ylab havo harorati biroz pasayadi. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi ayrim joylarda 17-22 m/s gacha, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 3 iyulda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4-6 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, 33-38 daraja issiq bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 14-19, kunduzi 18-23 darajaga yetadi.

Kiritildi: 15:22 01.07.2019. O'qildi: 5177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!