Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Javohir Ummataliyev bugun Manchesterda uchinchi professional jangini o‘tkazadi

Javohir Ummataliyev bugun Manchesterda uchinchi professional jangini o‘tkazadi

O‘zbekistonlik bokschi Javohir Ummataliyev bugun Angliyaning Manchester shahrida o‘zining uchinchi professional jangini o‘tkazadi.

Hamyurtimiz Queensberry promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan boks kechasida ispaniyalik Atakayte Santanaga qarshi ringga ko‘tariladi.

Ummataliyev shu kungacha professional faoliyatida ikkita jang o‘tkazib, har ikkisida g‘alaba qozongan.

Javohirning burchagida O‘zbekiston boks terma jamoasi katta murabbiylari Rahmatjon Ro‘zioxunov va Akmal Hasanov faoliyat olib boradi.

Boks oqshomining markaziy jangida Joshua Buatsi va Villi Xatchinson yarim og‘ir vazn toifasida WBC chempionlik kamari uchun kurash olib boradi.

Musobaqa Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Javohir Ummataliyev bugun Manchesterda uchinchi professional jangini o‘tkazadi

Javohir Ummataliyev bugun Manchesterda uchinchi professional jangini o‘tkazadi

Kiritildi: 19:09 07.11.2026. O'qildi: 768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik