Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jasur Umirovga 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan - Oliy sud

Jasur Umirovga 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan - Oliy sud

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudining 2021 yil 2 fevraldagi hukmiga ko‘ra, J. U. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Samarqand viloyat sudi apellyasiya instansiyasining 2021 yil 12 martdagi ajrimi bilan ushbu hukm o‘zgarishsiz qoldirilgan.

2021 yil 8 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining yopiq sud majlisida mazkur jinoyat ishi bo‘yicha jabrlanuvchi va sudlangan J. U. ning advokati tomonidan kassasiya tartibida bergan shikoyatlari asosida ushbu jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, J. U. ga nisbatan chiqarilgan jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudining 2021 yil 2 fevraldagi hukmi va Samarqand viloyat sudi apellyasiya instansiyasining 2021 yil 12 martdagi ajrimi o‘zgartirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining ajrimiga ko‘ra, J. U. ga Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasi (engilroq jazo tayinlash) qo‘llanilib, unga 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Jinoyat-prosessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) 1-qismi talablariga muvofiq ushbu jinoyat ishiga oid boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

Kiritildi: 21:58 10.06.2021. O'qildi: 4071 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!