Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Jarqo‘rg‘on va Bandixon tumanlarida kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlandi

Jarqo‘rg‘on va Bandixon tumanlarida kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Y.M.” MCHJ rahbari J.R. hududiy tijorat banki filialidan issiqxona qurish uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘larining 1,3 mlrd so‘mini hamda ukasi X.R.ning nomiga tashkil etgan “J.S.” MCHJga ajratilgan 600 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini boshqa maqsadlarda sarflab, talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Bandixon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.F.” MCHJ rahbari M.A. hududiy tijorat banki filialidan chorva kompleksi qurish uchun ajratilgan 762,2 mln so‘m kredit mablag‘lari evaziga xarid qilingan qurilish materiallarini boshqa maqsadlarda foydalanib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:15 29.03.2023. O'qildi: 1000 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!