Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Jarimalar va to‘lovlar miqdori oshadimi? Kontrakt puli-chi?

Jarimalar va to‘lovlar miqdori oshadimi? Kontrakt puli-chi?

1 maydan bazaviy hisoblash miqdori 300 ming so‘mdan 330 ming so‘mga, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 920 ming so‘mdan 980 ming so‘mga oshirildi.

Bu degani BHMga qarab to‘lanadigan jarimalar, to‘lovlar miqdori ham oshadi.

1 maydan o‘zgaradigan jarimalar miqdori bilan tanishing.

– Kamar taqmaslik - 165 000 (82 500) so‘m
– Texnik ko‘rik, aptechka - 165 000 (82 500) so‘m
– Hujjatsiz boshqarish - 330 000 (165 000) so‘m
– Sug‘urtasiz haydash - 330 000 (165 000) so‘m
– Qizilda o‘tish - 660 000 (330 000) so‘m
– Noto‘g‘ri parkovka - 660 000 (330 000) so‘m
– Telefonda gaplashish - 990 000 (445 000) so‘m
– Raqamsiz haydash - 1 650 000 (825 000) so‘m
– Tezlikni oshirish (20 km/s) - 330 000 (165 000) so‘m
– Tezlikni oshirish (20-40 km/s) - 1 650 000 (825 000) so‘m
– Tezlikni oshirish (+40 km/s) - 2 970 000 (1 485 000) so‘m
– Qarama-qarshi harakatlanish - 3 300 000 (1 650 000) so‘m
– Mast holda haydash - 8 250 000 (4 125 000) so‘m yoki 3 yilgacha «prava»dan mahrum qilish
– Ruxsatsiz tonirovka - 8 250 000 (4 125 000) so‘m.

Qavs ichida 15 kun ichida to‘langanda 50 foizlik chegirma ko‘rsatilgan.

Talabalarning to‘lov-kontrakti oshadimi yo‘qmi, hozircha noma’lum.

Kiritildi: 22:02 28.03.2023. O'qildi: 5067 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!