Xabaringiz bor, 1 iyundan boshlab qoidabuzar haydovchilarga jarima ballarini hisoblash boshlandi .
Fuqarolar mazkur amaliyotni endi onlayn nazorat qilishi mumkin. Endilikda sodir etilgan yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballari to‘g‘risidagi ma’lumotni my.gov.uz (https://my.gov.uz/uz/service/1238) yoki "Safe ROAD YHXX" ilovasi (https://t.me/YHXX_UZ/44529) orqali onlayn olish imkoni mavjud.
Ta’kidlanishicha, ma’lumotda to‘plangan jarima balli, qabul qilingan qaror raqami va sanasi, jarima ball uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning asos bo‘luvchi moddasi va bandi keltiriladi.