JAR sobiq prezidentining qiziga qarshi Ukrainadagi urushda Rossiya armiyasiga odamlarni yollash bo‘yicha tegov olib borilmoqda — BBC.
Xabar berilishicha, Janubiy Afrika Respublikasi polisiyasi sobiq prezident Jeykob Zumaning qizi Duduzaile Zuma-Sambudlaning urushga yollash jarayonidagi ishtirokini tergov qilmoqda.
"Bundan tashqari, Ukrainadagi urushda Rossiya armiyasiga odamlarni yollash va yollanish ishi doirasida 5 kishi hibsga olingan. Ular orasida SAfm radiosi boshlovchisi va BRICS jurnalistlari assosiasiyasi hamraisi, 39 yoshli Nonkululeko Mantula ham bor. Qolgan to‘rt kishi esa 21–47 yosh oralig‘idagi erkaklar", deyiladi xabarda.
Keniya ham oxirgi kunlarda urushga yollangan ikki nafar yosh yigit haqida ma’lumotlar paydo bo‘lganini bildirdi, ular o‘zlarining o‘nlab vatandoshlari kabi Rossiya tomondan Ukrainadagi urushga jalb etilgan va halok bo‘lgan.