Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Janubiy Osetiyada koronavirusga chalingan ilk bemor vafot etdi

Janubiy Osetiyada koronavirusga chalingan ilk bemor vafot etdi

Janubiy Osetiyada koronavirus infeksiyasiga chalingan birinchi bemor vafot etdi.

Bu haqda Yugosetpotrebnadzor rahbari Marina Kochiyeva xabar berdi.

«Afsuski, biz koronavirus tashxisi bilan birinchi o‘limni qayd etdik - bu 88 yoshli keksa ayoldir», dedi u.

O‘tgan kun davomida COVID-19 mamlakatda 57 kishida aniqlangan va bu rekord ko‘rsatkichga aylangan.

Epidemiya Janubiy Osetiyada boshlanganidan buyon ushbu kasallik bilan 287 ta holat qayd etilgan.

Hozirda koronavirus bilan kasallangan 187 bemor shifokorlar nazorati ostida qolmoqda, ularning 40 ga yaqini respublika tibbiyot markazining yuqumli xastaliklar bo‘yicha kasalxonasida, qolganlari esa ambulatoriya sharoitida davolanmoqda.

Kiritildi: 21:25 17.10.2020. O'qildi: 1263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!