Bugun 5 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Janubiy Koreyada joriy etilgan harbiy holat haqida nimalar ma’lum?

Janubiy Koreyada joriy etilgan harbiy holat haqida nimalar ma’lum?


▪️ Prezident Yun Sok Yol tomonidan tuzilgan harbiy qo‘mondonlik mamlakatdagi barcha siyosiy faoliyatlar, jumladan, mitinglar va siyosiy partiyalar faoliyati to‘xtatilganini e’lon qildi, deb xabar qildi Yonhap axborot agentligi. Taqiqni buzganlar hibsga olinadi. Harbiylar, shuningdek, barcha ommaviy axborot vositalari va nashriyotlar ustidan nazorat o‘rnatdilar.

▪️ Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi – parlamentga kirish yo‘li polisiya tomonidan to‘sib qo‘yilgan. Bino yaqinida yuzga yaqin odam to‘plangan, xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvlar bo‘lgan;

▪️ Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalari va guvohlar Seul ko‘chalarida paydo bo‘lgan harbiy texnika, jumladan, parlament binosi ustidagi vertolyot tasvirini chop etmoqda.

▪️ Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi asosiy armiya qo‘mondonlari yig‘ilishini, mamlakat moliya vaziri esa Koreya banki, Moliyaviy xizmatlar komissiyasi va Moliyaviy nazorat xizmati rahbarlari ishtirokida favqulodda yig‘ilish o‘tkazmoqda. Bu haqda Yonhap ham yozmoqda.

▪️Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat joriy etilishini go‘yoki KXDRga xayrixoh bo‘lgan va hukumat ishini falaj qilishga urinayotgan muxolifat harakati bilan izohladi. Noyabr oyi oxirida parlamentda ko‘pchilikni tashkil etuvchi muxolifatdagi Demokratik partiya hukumatning budjet taklifini rad etib, davlat auditori va bosh prokurorga impichment e’lon qilish rejalarini e’lon qildi.

Kiritildi: 02:05 04.12.2024. O'qildi: 891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!