Mamlakatda bolalar orasida jinoyatchilik darajasi o‘smoqda, xususan, 2025 yilda 10 dan 13 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar 2020 yilga nisbatan ikki barobar ko‘p qo‘lga olingan.
Yonhap nashrining yozishicha, hozirda 14 dan 19 yoshgacha bo‘lgan ayblanuvchilar uchun maksimal jazo 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish hisoblanadi. Undan kichikroq yoshdagilar uchun esa ikki yillik tuzatish muassasasi tayinlanadi.
So‘rovnomalarga qaraganda, aholi hukumatning bu tashabbusini qo‘llab-quvvatlamoqda. Biroq jinoiy javobgarlik yoshini barcha turdagi jinoyatlar uchun tushirish kerakmi yoki faqat og‘ir jinoyatlar uchunmi, degan masalada yagona to‘xtamga kelinganicha yo‘q, deyiladi xabarda.