Bugun 5 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Janubiy Koreyada harbiy holat bekor qilindi(mi)?

Janubiy Koreyada harbiy holat bekor qilindi(mi)?

Janubiy Koreya parlamenti prezident Yun Sok Yol e’lon qilgan harbiy holatni bekor qilishga ovoz berdi.

Yonhap xabariga ko‘ra, harbiy holatni bekor qilish talabi bilan Milliy assambleyaning favqulodda yig‘ilishi o‘tkazilgan. Assambleyaning 300 nafar a’zosidan 190 nafari ishtirok eta olgan yig‘ilishda taqdim etilgan taklif bir ovozdan ma’qullandi.

Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi Prezidiumi bayonotida aytilishicha, ovoz berishdan keyin mamlakatda e’lon qilingan harbiy holat o‘z qonuniy kuchini yo‘qotgan.

Konstitusiyaga ko‘ra, harbiy holat parlamentdagi ko‘pchilik talabiga ko‘ra bekor qilinishi mumkin.

Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi raisi Vu Von Shik o‘z bayonotida shunday dedi: «Asosiy assambleyaga kirgan barcha harbiylar butunlay chiqib ketishdi».

- Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilindi

Avvalroq Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda «harbiy holat» e’lon qilib, muxolifat davlatga qarshi harakatlarda ishtirok etganini aytgandi.

«Harbiy holat Shimoliy Koreya tarafdori bo‘lgan kuchlarni yo‘q qilishga va erkinlikning konstitusiyaviy tuzumini himoya qilishga qaratilgan», - dedi Yun.

Yunning qarori muxolifatdagi Demokratik partiya parlamentning budjet qo‘mitasida budjet loyihasini rad etgani va davlat auditori va bosh prokuroriga nisbatan qonunbuzarliklar to‘g‘risida ariza berganidan keyin qabul qilingan.

Kiritildi: 02:31 04.12.2024. O'qildi: 531 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!