Janubiy Koreyaning bir qator hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘di va bu o‘nlab reyslarning bekor qilinishiga olib keldi.
Bu haqda Janubiy Koreya OAVlari xabar bermoqda.
Chorshanba kuni ertalabki holatga ko‘ra, Jeju oroliga va undan 144 ta reys bekor qilindi. Bundan tashqari, ushbu orolni mamlakat materik bilan bog‘lovchi parom o‘tish joylari faoliyati to‘xtatildi.
Meteorologlarning xabar berishicha, kechasi Jeju hududida shamolning maksimal tezligi soatiga 86 km ni tashkil etgan. Ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, “Xanun” bo‘roni mamlakatning janubiy va sharqiy hududlariga 40 sm gacha yog‘ingarchilik keltiradi.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mintaqa hukumatini ehtiyot choralarini ko‘rishga va kerak bo‘lsa, aholini evakuasiya qilishga chaqirdi.
O‘tgan hafta Yaponiyada “Xanun” bo‘roni ikki kishining hayotiga zomin bo‘ldi.