Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Janubiy Koreya va Hindiston iqtisodiy aloqalarni tubdan kengaytiradi

Janubiy Koreya va Hindiston iqtisodiy aloqalarni tubdan kengaytiradi

Mamlakat prezidenti Li Chje Myon Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashish uchun Nyu-Dehliga tashrif buyurdi. Bu Janubiy Koreya rahbarining oxirgi sakkiz yil ichidagi mamlakatga ilk tashrifi bo‘lib, unda ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmini 2030 yilgacha 50 milliard dollarga yetkazish rejasi muhokama qilindi.

Prezident Li hozirda Hindiston bilan iqtisodiy hamkorlik darajasi past ekanini ta’kidlab, kemasozlik, sun’iy intellekt va mudofaa sohalarida aloqalarni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish niyatida ekanini bildirdi.

Muzokaralarning muhim qismi energetika xavfsizligiga qaratilgan bo‘lib, Seul Yaqin Sharqdagi keskinlik tufayli Hindistondan nafta importini oshirishni so‘ramoqda. Bu qadam nafaqat Janubiy Koreya uchun xomashyo zanjirini barqarorlashtiradi, balki Nyu-Dehlining savdo defisiti bilan bog‘liq xavotirlarini yumshatishga ham yordam beradi.

Kiritildi: Bugun 09:57. O'qildi: 221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!