Janubiy Koreya va Hindiston Yaqin Sharqdagi urush ortidan yuzaga kelgan xatarlar fonida energiya ta’minoti zanjirlarini mustahkamlash bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi.
Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myon Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan Nyu-Dehlidagi sammitdan so‘ng ma’lum qildi.
Tomonlar neft-kimyo sanoati uchun muhim xomashyo hisoblangan nafta va boshqa strategik resurslarni barqaror yetkazib berish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, ikki davlat savdo va investisiyalarni kengaytirish, muhim minerallar, energetika, sun’iy intellekt, moliya va kemasozlik sohalarida yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yishga kelishdi.
Seul va Nyu-Dehli o‘zaro savdo hajmini 2030 yilgacha 25 milliard dollardan 50 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Sammit yakunlariga ko‘ra, iqtisodiy hamkorlik, kemasozlik, texnologiya va madaniy almashinuvga oid 15 ta hujjat imzolandi.