Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyati Ukrainadan asirlarni topshirish jarayoni maxfiy kechishi kerakligi haqidagi kelishuvni buzgani uchun uzr so‘rashni talab qildi.
23 sentyabr kuni Volodimir Zelenskiy BMT Bosh Assambleyasidagi nutqi vaqtida Ukraina asirga olingan ikki nafar Shimoliy Koreya harbiyini Janubiy Koreyaga topshirganini ma’lum qilgan.
Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myon Kiyev maxfiylik haqidagi kelishuvni buzganini aytdi. U Shimoliy Koreya harbiy asirlarini o‘z vataniga qaytarish masalasini "nihoyatda nozik" deb atab, bu masala "Koreya yarimorolidagi xavfsizlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatishi"ni ta’kidladi.
Zelenskiyning maslahatchisi Dmitriy Litvin esa tomonlar o‘rtasida bunday kelishuv bo‘lmaganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, ayrim asirlarning qayerga topshirilayotganini yashirish noto‘g‘ri bo‘lar edi.
Biroq Seul bu bayonotni ikki davlat o‘rtasidagi ishonchga putur yetkazuvchi holat deb baholadi.
Janubiy Koreya prezidentining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha katta kotibi Son Gi Xon Ukraina prezidenti matbuot xizmati tarqatgan "yolg‘on bayonot" ikki davlat hukumatlari o‘rtasidagi ishonchga jiddiy zarar yetkazganini bildirdi.