Seul markaziy okrug sudi Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolning hibsga olinishini qonuniy deb topdi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
16 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da sud Yun Sok Yolning himoyachilari murojaatini ko‘rib chiqishni boshladi.
Avvalroq prezident advokatlari yuqori mansabdor shaxslarga nisbatan korrupsiyaga qarshi tergov boshqarmasi qamoqqa olish orderini Seulning G‘arbiy okrug sudidan emas, balki Markaziy okrug sudidan olishi kerakligini ta’kidlagan edi. Ularning fikricha, qamoqqa olish uchun order olgan boshqarma isyonga oid shubhalarni tekshirish vakolatiga ega emas. Boshqarmaning o‘zi isyon jinoyati vakolatlarni suiiste’mol qilish bilan bog‘liqligini ta’kidlagan.
Sud himoyachilarning barcha dalillarini rad etdi. Shuningdek, sudyalar “parlamentga oz sonli harbiylarning kirishi konstitusiyaviy tuzumni buzish hisoblanmaydi” degan bayonotni asossiz deb topdi.