Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok-Yol Rossiya va KXDR o‘rtasidagi ehtimoliy harbiy hamkorlikni noqonuniy deb atadi. Bu haqda u Associated Press agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik noqonuniy va noto‘g‘ri, chunki u BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyalari va boshqa xalqaro sanksiyalarga ziddir», - dedi Yun Sok-Yol.
Janubiy Koreya prezidenti bunday harakatlarga javoban xalqaro hamjamiyat yanada birlashishiga ishonch bildirdi.