Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol AQSh Kongressi a’zolarini “ahmoqlar” deb atadi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol AQSh Kongressi a’zolarini “ahmoqlar” deb atadi

Daily Mail nashrining yozishicha, bu Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan yettinchi Global jamg‘armani to‘ldirish bo‘yicha konferensiya doirasida Janubiy Koreya yetakchisining AQSh prezidenti bilan uchrashuvidan keyin sodir bo‘lgan.

U yerda Bayden sog‘liqni saqlash kampaniyasiga 6 mlrd $ ajratishni va’da qildi. Moliyalashtirish uchun Kongress roziligi talab qilinadi.

Yun Sok Yol va uning yordamchilari tadbirni tark etar ekan, u shunday dedi: “Agar bu ahmoqlar uni (moliyaviy hujjatni) Kongressda qabul qilmasalar, bu Bayden uchun juda hurmatsizlik bo‘ladi”. Bu so‘zlarni jurnalistlardan biri tasodifan yozib olgan.

Janubiy Koreyaning muxolif Demokratik partiyasi rahbari Pak Xong Geun voqeani “jiddiy diplomatik muvaffaqiyatsizlik” deb atadi. Oq uy bu haqda izoh bermadi.

Kiritildi: 12:12 23.09.2022. O'qildi: 3887 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!