Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Janubiy Koreya prezidenti ofisi tintuv qilindi

A A A
Janubiy Koreya prezidenti ofisi tintuv qilindi

Janubiy Koreya polisiyasi dekabr oyi boshida harbiy holat e’lon qilgani munosabati bilan prezident Yun Sok Yol administrasiyasida tintuv o‘tkazdi. Bu haqida Yonhap agentligi xabar bermoqda.

Polisiya prezident Yun Suk Yolning qisqa muddatli harbiy holat joriy etgani yuzasidan tergov doirasida prezident idorasi va polisiya shtab-kvartirasida reyd o‘tkazdi.

Prezident idorasidan tashqari, Milliy polisiya agentligi, Seul polisiyasi va Milliy Assambleya Xavfsizlik xizmatida ham tintuvlar olib borilgan. Reydlarni Janubiy Koreyada harbiy holat paytida sodir bo‘lgan voqealarni tekshirish uchun tuzilgan maxsus tergov guruhi olib borgan.

Kiritildi: 18:32 11.12.2024. O'qildi: 1423 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!