Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Janubiy Koreya Prezidenti mamlakatda yadro qurolini joylashtirishga ruxsat berdi

Janubiy Koreya Prezidenti mamlakatda yadro qurolini joylashtirishga ruxsat berdi

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi tomonidan yadroviy tahdid kuchaysa, Janubiy Koreya o‘z hududida xorijiy yadro qurolini joylashtirishi yoki o‘zinikini ishlab chiqishi mumkin. Bu haqda mamlakat Prezidenti Yun Sok Yol ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Janubiy Koreya Prezidenti mudofaa va tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvda Seulga hujum qilingan taqdirda 100 va hatto 1000 barobar kattalikda javob berish uchun shunday harbiy quvvat berishni buyurgan.

“Agar Shimoliy Koreyaning yadroviy tahdidi jiddiylashsa, biz Janubiy Koreyada taktik yadro qurolini joylashtirishimiz yoki o‘z yadro qurolimizni yaratishimiz mumkin”, deydi Prezident.

Shuningdek, u yanvar oyi boshida Seul va Vashington Amerika yadroviy qurollari ishtirokida qo‘shma mashg‘ulotlar tashkil etish imkoniyatini muhokama qilganini aytib o‘tgan.

"Yadro qurollari Qo‘shma Shtatlarga tegishli bo‘lsada, razvedka ma’lumotlarini almashish, rejalashtirish va mashqlar birgalikda amalga oshirilishi kerak", deydi Prezident.

Uning qayd etishicha, Vashington bu tashabbusga ijobiy qaraydi.

Kiritildi: 19:36 13.01.2023. O'qildi: 1731 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!