Janubiy Koreya yetakchisi Yun Sok Yol BMT Bosh Assambleyasida Rossiya va KXDR o‘rtasidagi hamkorlik masalasini dunyo yetakchilari oldiga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Janubiy Koreya davlat rahbari xalqaro hamjamiyat Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi chuqurlashib borayotgan harbiy hamkorlikni yengish uchun yanada yaqinroq birlashishi kerak, deb hisoblaydi.
“Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik noqonuniy va adolatsizdir, chunki u BMT Xavfsizlik kengashi rezolyusiyalari va turli xalqaro sanksiyalarni buzadi”, — dedi Yun Sok Yol.
Qayd etilishicha, Pxenyan iqtisodiy yordam va Janubiy Koreya va AQShga qaratilgan qurol tizimlarini modernizasiya qilish texnologiyasi evaziga Moskvaning Ukrainaga hujumi chog‘ida tugab qolgan o‘q-dorilar zaxirasini oshirishi mumkin.
Janubiy Koreya prezidenti BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida Rossiya-Shimoliy Koreya qadamlarini baholash haqida gapiradi. Uning qo‘shimcha qilishicha, u AQSH, Yaponiya va boshqa hamkorlar bilan qarshi choralarni muhokama qilmoqda.