Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Janubiy Koreya prezidenti

A A A
Janubiy Koreya prezidenti

Janubiy Koreya parlamenti mamlakatda harbiy holat e’lon qilgan prezident Yun Sok Yolga nisbatan impichment uchun ovoz berishda yetarlicha ovozni to‘play olmadi. Bu haqda Reuters xabar qildi.

Qoidaga ko‘ra, impichment e’lon qilinishi uchun 300 deputatdan 200 nafari qo‘llab-quvvatlab ovoz berishi kerak edi. Biroq hukmron «Xalq kuchi» partiyasining 108 deputatidan 105 nafari ovoz berishdan bosh tortib, majlislar zalidan chiqib ketdi.

Muxolifat prezidentni javobgarlikka tortish harakatlari to‘xtamasligini bildirdi.

Majlis davomida parlament oldida prezidentga impichment e’lon qilish va uni hibsga olishni talab qilgan bir necha ming namoyishchi to‘plandi. BBC rus xizmatining yozishicha, olomon majlisni tark etayotgan hukmron partiya deputatlarini g‘azabnok qichqiriqlar bilan kuzatib qo‘ygan.

7 dekabr kuni Yun Sok Yol televideniye orqali xalqqa murojaat qilib, harbiy holat joriy etish qarori uchun mamlakat aholisidan uzr so‘ragan edi.

3 dekabr kuni kechqurun prezident Yun Sok Yol Janubiy Koreyada 45 yil ichida birinchi marta "konstitusiyaviy tartibni «kommunistik kuchlar»dan himoya qilish" maqsadida harbiy holat e’lon qilgandi.

Parlament deputatlari prezident qaroriga qarshi chiqib, uni bekor qilish uchun ovoz berdi, shundan so‘ng prezident harbiy holatni bekor qildi.

4 dekabr kuni muxolifatdagi partiyalar parlamentga Yun Sok Yol impichmenti bo‘yicha taklif kiritdi. Prezident impichmenti uchun parlament deputatlarining 2/3 qismi (jami 300 o‘rin) ovoz berishi kerak.

Shuningdek, Janubiy Koreya polisiyasi Yun Sok Yolni davlatga xiyonatda gumon qilib, tergov boshlagani ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: 23:00 07.12.2024. O'qildi: 2518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!