Pxenyan tomonidan Rossiyaga yuborilgan Shimoliy Koreya askarlari rossiyalik ittifoqchilar bilan bir qatorda Ukrainaga qarshi jangovar operasiyalarda qatnashmoqda, deb xabar qildi Janubiy Koreya josuslik agentligi.
«Milliy razvedka xizmati Rossiyaga jo‘natilgan Shimoliy Koreya qo‘shinlari so‘nggi ikki hafta ichida Kursk viloyatiga ko‘chib o‘tganini taxmin qilmoqda», — deyiladi agentlik bayonotida va ular allaqachon jangovar harakatlarda qatnashishgan.
Rossiya armiyasining bir qismi o‘tgan oylar davomida dadil bostirib kirgan holda u yerlarni egallab olgan Ukraina qo‘shinlarini siqib chiqarish maqsadida Ukraina bilan chegaradosh g‘arbiy Rossiya hududiga joylashtirildi.
Seshanba kuni Shimoliy Koreya davlat matbuoti Pxenyan Rossiya bilan iyun oyida ikki davlat rahbarlari tomonidan imzolangan mudofaa bo‘yicha o‘zaro shartnomani ratifikasiya qilganini ma’lum qildi.
Shartnoma qurolli hujum sodir bo‘lgan taqdirda har birining boshqasiga yordamga kelishini ko‘zda tutadi.