Janubiy Koreya Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning tinchlik formulasini amalga oshiradigan ishchi guruhiga qo‘shiladi, deb xabar bermoqda “Ryonxap” agentligi Koreya Respublikasi prezidenti ma’muriyatiga tayanib.
Qayd etilishicha, bunday qaror milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Cho Txe Yonning Ukraina bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etgan Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida qabul qilingan.
Jiddada “tinchlik formulasi” ijrosini nazorat qiluvchi ishchi guruh tuzish masalasi muhokama qilindi.