Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Janubiy Koreya AQShga tariflar bilan javob bermaydi

Janubiy Koreya AQShga tariflar bilan javob bermaydi

Koreya Respublikasi o‘tgan asrda Qo‘shma Shtatlarning mamlakatga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik tufayli Amerika tovarlariga javob bojlarini joriy qilmaydi.

Bu haqda Koreya Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Xan Dok Su Britaniyaning Financial Times gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Koreya urushidan keyin Amerikaning texnologiya transferi, sarmoya va xavfsizlik kafolatlari ko‘rinishidagi yordami respublikaga xorijiy sarmoyalarni jalb qiluvchi muhit yaratishga yordam bergan.

"Sanoat va moliyaviy rivojlanishdagi yutuqlarimiz, madaniyatimiz, o‘sishimiz va boyligimiz ko‘p jihatdan Qo‘shma Shtatlar ko‘magi bilan bog‘liq", — dedi Xan Dok Su.

Junabiy Koreya hukumati Amerika choralarini qarshi kurashish kerak bo‘lgan narsa sifatida qabul qilishdan ko‘ra, muzokaralar orqali o‘zaro manfaatli yechim topishga harakat qilmoqchi, dedi u.

Xan Dok Su muzokaralarga qaramay, milliy iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari ayrim muammolarga duch kelishi mumkinligini tan oldi, biroq u ikki tomonlama savdoni yanada kengroq erkinlashtirish Koreya xalqi farovonligini oshirishga yordam berishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp 2 aprel kuni 185 ta davlat va hudud tovarlariga bojxona to‘lovlari joriy etilishini ma’lum qilgan edi. Koreya Respublikasi va AQSh o‘rtasida erkin savdo shartnomasi mavjud.

Kiritildi: 17:28 20.04.2025. O'qildi: 747 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!