Andijon viloyati Marhamat tumanidan o‘tgan Janubiy Farg‘ona kanalida ota va uning o‘g‘li oqib ketdi. Bu haqda UzNews.uz xabar qildi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 6 avgust kuni soat 11:00 larda sodir bo‘lgan. 36 yoshli erkak "muravey" motosiklida kanal qirg‘og‘idan burilayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, kanalga tushib ketgan. Avtoulovning yuk tashish uchun mo‘ljallangan joyida erkakning 10 yoshli o‘g‘li va 15 yoshli jiyani bo‘lgan.
Avtoulov kanalga tushib ketganida 15 yoshli bola kanaldan suzib chiqib olgan. Ammo, ota o‘g‘lini qutqarmoqchi bo‘lib, o‘zi ham oqib ketgan.
Ayni vaqtda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.