Janubiy Yevropa uzoq davom etgan jazirama tufayli yuzaga kelgan ko‘plab o‘rmon yong‘inlari bilan kurashmoqda, deya xabar beradi Euronews.
Serbiya 20 kundan ortiq nazoratdan chiqib ketgan yong‘inlar bilan kurashayotgan Shimoliy Makedoniyaga vertolyotlar yubordi. Birinchi qurbon poytaxt Skopyedan sharqdagi qishloqda yashovchi keksa edi.
Qo‘shni Albaniya ham o‘rmon yong‘inlari bilan kurashyapti.
Kuchli shamol ikki davlatda yong‘in tarqalishini tezlashtirib, ko‘plab aholi ko‘chishga majbur bo‘lgan.
Xorvatiyada Dalmatiya qirg‘og‘ida sodir bo‘lgan yong‘inlar mahalliy aholini ham uylarini tark etishga majbur qilgan, biroq qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
122 ta yong‘in o‘chog‘ini o‘chirishga 755 nafar o‘t o‘chiruvchi va 10 ta samolyot jalb etilgan.
Xorvatiya rasmiylari barcha hududlardagi yong‘inlar muvaffaqiyatli bartaraf etilganini tasdiqladi.
Evropaning boshqa qismlarida kuchli jazirama davom etyapti, Ispaniyaning to‘qqizta munisipaliteti yuqori haroratdan ogohlantiruvchi to‘q sariq belgi ostida.
Mutaxassislar Yevropada ko‘proq iqlim ofatlarining oldini olish uchun harakat qilish vaqti kelganini ta’kidlayati va Yevropa rahbarlarini qit’a ob-havosidagi xavotirli tendensiyalarga e’tibor berishga chaqiryapti.