Bugun 18 avgust, 2022 yil, payshanba

КИР

Janubiy Afrikadagi tungi klublardan birida 22 kishining jasadi topildi

Janubiy Afrikadagi tungi klublardan birida 22 kishining jasadi topildi

Janubiy Afrika hukumati Hind okeani sohilida joylashgan Ist-London shahridagi tungi klubda topilgan 22 kishining o‘limi sabablarini aniqlashga harakat qilmoqda, deya xabar bermoqda BBC News.

Franc-Presse agentligi xabariga ko‘ra, vafot etganlar tanasida birorta jarohat izlari bo‘lmagan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ular 18 yoshdan 20 yoshgacha, ba’zilari hatto 15 yoshda bo‘lgan.

Jasadlar o‘likxonaga olib ketilgan. Klubga tashrif buyurganlarning o‘limi sabablarini aniqlaydigan toksikologik ekspertiza o‘tkaziladi.

Mahalliy amaldorning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha kecha klubda ko‘plab bitiruvchilar bo‘lgan. Janubiy Afrikaning Sharqiy Kap provinsiyasi rahbari Oskar Mabuyyane fojia sabablarini ochiqlamadi, biroq «cheksiz alkogol iste’molini» tanqid qildi.

JAR prezidenti Siril Ramafosa halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi va 18 yoshga to‘lmagan o‘smirlarning klubga yuborilishini tanqid qildi.

Kiritildi: 23:17 27.06.2022. O'qildi: 3756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!