Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Janubiy Afrika prezidenti Baydenga Afrikani Rossiya bilan aloqalari uchun jazolash adolatsiz ekanini aytdi

A A A
Janubiy Afrika prezidenti Baydenga Afrikani Rossiya bilan aloqalari uchun jazolash adolatsiz ekanini aytdi

Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa Amerika yetakchisi Jo Bayden bilan uchrashuv chog‘ida Qo‘shma Shtatlarning Afrika davlatlarini Rossiya bilan aloqalari uchun jazolashga urinishini adolatsizlik deb atadi, shuningdek, bunday takliflarni o‘z ichiga olgan qonun loyihasiga rozi emasligini bildirdi.

Gap AQSh Kongressi orqali o‘tayotgan "Rossiyaning zararli harakatlariga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi haqida bormoqda.

Janubiy Afrika rahbarining fikricha, bunday hujjat “nomaqbul”.

Ramafosaning ta’kidlashicha, bunday qonunning qabul qilinishi mumkinligi Afrika rasmiylarida xavotir uyg‘otmoqda.

"Agar qonun loyihasi qabul qilinsa, u Afrikani chetga suradi, chunki u Afrikada Rossiyadek sherigiga ega bo‘lgani uchun jazolanayotgandek taassurot qoldiradi", - deya Ramafosa so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Kiritildi: 08:53 17.09.2022. O'qildi: 2317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!