Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Janubi-Sharqiy Osiyoda sodir bo‘lgan zilzila oqibatida kamida 26 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Janubi-Sharqiy Osiyoda sodir bo‘lgan zilzila oqibatida kamida 26 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Episentri Mandalay shahri yaqinida joylashgan zilzila natijasida 20 kishi halok bo‘lgani haqida The New York Times shahar kasalxonasiga tayanib xabar berdi.

Shuningdek, guvohlarning ma’lum qilishicha, Myanmaning Taungu shahrida masjidning qisman vayron bo‘lishi oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lgan. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Aungban shahrida kamida yana ikki kishi halok bo‘lgan, mehmonxona binosi vayron bo‘lgan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Bangkokda esa qurilayotgan 30 qavatli osmono‘par binaning qulashidan kamida bir ishchi halok bo‘ldi, 80 dan ortiq odamning taqdiri hali noma’lum. Bu haqda Phai PBS ma’lumot berdi.

Kiritildi: 16:22 28.03.2025. O'qildi: 953 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!