Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning innovasion usullaridan foydalaniladi

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning innovasion usullaridan foydalaniladi

“2024-2025 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Hukumat Qarori (588-son, 18.09.2024 y.) qabul qilindi.

Unga ko‘ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi 2024-2025 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi:

shaxs, davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish;

jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning innovasion usullarini joriy qilish;

aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;

huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish.

Shuningdek, Dasturda belgilangan chora-tadbirlar o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi hamda natijasi bo‘yicha ma’lumotlar har chorak yakunida Adliya vazirligiga taqdim etib borilishi uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.

Kiritildi: 11:05 20.09.2024. O'qildi: 461 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!